
"Navbahor" sobiq futbolchisi Tojikiston chempioni safiga qo‘shildi
O‘tgan mavsum yarmini "Navbahor"da o‘tkazgan yarim himoyachi Javlon Ibrohimov Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi yig‘iniga borib qo‘shildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Dushanbe jamoasi ayni damda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi va Tojikiston Oliy ligasi yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyada o‘tkazmoqda.
Agar Ibrohimov murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldira olsa, yangi mavsumni Tojikistonning amaldagi chempioni safida o‘tkazadi.
Fikrlar