"Navbahor" uchun "Qizilqum" qulay raqibmi yoki...

  • 24 sentabr, 2021, 18:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 20-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur klublar 43 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 17 marta, “Qizilqum”  esa 14 marta g‘alaba qozongan, 12 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida -  56–46.

O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 63, “Qizilqum” esa 54 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Prevyu._Navbahor_-_Qizilqum_rasmi_-_1_1

Namanganliklarning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0 ga teng.

Ushbu klublarning Namanganda bo‘lib o‘tgan 21 ta uchrashuvidan 11 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 6 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan, 4 ta bahsda navoiyliklar g‘alaba qozonishgan.

Namangandagi o‘yinlarda “Navbahor” 35 ta gol urib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Mazkur jamoalarning joriy mavsumning 1-davrasida Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsida durang – 1:1 hisobi qayd etilgan. “Qizilqum”ning goliga gruziyalik hujumchi  Mate Vattsadze, “Navbahor”ning goliga esa tojikistonlik yarim himoyachi Ehsoni Panshanbe mualliflik qilishgandi.     

Jamoalarning barcha o‘yinlari natijalari quyidagicha ko‘rinishga ega:

2000 yil

“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2

“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:2

2001 yil

“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:0

“Zarafshon” – “Navbahor” – 3:1

2002 yil

“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Zarafshon” – 4:0

2003 yil

“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:2

“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2

2004 yil

“Navbahor” – “Zarafshon” – 5:2

“Zarafshon” – “Navbahor” – 2:2

2005 yil

“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:1

2006 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:0

2007 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:2

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1

2008 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

2009 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

2010 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1

2011 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0

2012 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1

2013 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0

2014 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:0

2015 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:2

“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:1

2016 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:2

2017 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:1

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:2

2018 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0

“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:0

2019 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2.

“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:1

2020 yil

“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0.  

“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:2.

2021 yil

“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 26 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.

Bo‘lajak o‘yinda sevimli jamoamizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugoff Dlyabiznesa
25/09/2021 13:24
Бугун Яхшибоев билан Шахбоз Умаровни клуби уйнайди анонслари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор силкалариям жойланган кимга кизу болса..