“Navbahor” va “Nasaf” bilan bog‘liq 6:0 hisoblar yoxud qarshiliklar 5 uchrashuvdan beri Namanganda yuta olishmayapti

  • 29.10.2019 18:10
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nasaf” Superliga 23-turida Namanganda “Navbahor” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv oldidan "Nasaf" matbuot xizmati bellashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 22 o‘yinda “Nasaf”, 12 bahsda “Navbahor” g‘alabaga erishgan. 11 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 76:62ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Navbahor” 6:0, “Navbahor” – “Nasaf” 6:0. 

"Nasaf" klubi "Navbahor" bilan oxirgi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 12 aprel kuni Qarshida o‘tkazgan. Unda "lochinlar" g‘alaba qozonishgan - 0:1.

Namangandagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Namanganda 22 bor kuch sinashishgan. 9 uchrashuvda maydon egalari g‘alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda durang qayd etilgan va 4 uchrashuvda qarshiliklar zafar quchishgan. Darvozalarga jami 66 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 42:24.

E’tiboringizga, Namanganda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

28. 04. 2016 Navbahor – Nasaf 0:0
12. 03. 2015 Navbahor – Nasaf 1:0
01. 10. 2014 Navbahor – Nasaf 2:2
22. 04. 2012 Navbahor – Nasaf 1:1
06. 03. 2011 Navbahor – Nasaf 1:0

“Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 31 oktyabr payshanba kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/10/2019 20:49
Shu Navbahor uyinchila maydonga. juda qupop uynaydi. lekin shunisi zur uyindan keyin. Uyinchilari ham muhlislari ham agar halol yutsang. olqishlashadi. Lekin uyin faqti uta qupol uynaydi.
&
JASUR3838
29/10/2019 20:22
Zur uyin buladi likin nasafga omad