"Navbahor" va "Neftchi" chempionatda oxirgi marta 1385 kun oldin o‘zaro o‘yin o‘tkazgan. Bugun jamoalarning 55-to‘qnashuvi bo‘ladi

  • 17 may, 2022, 12:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 9-turdan o‘rin olgan "Navbahor" — "Neftchi" uchrashuvi ushbu jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan 55-o‘yin bo‘ladi.

Tecno

So‘nggi marta jamoalar chempionatda 1385 kun oldin o‘zaro bahs yuritgan (2 avgust 2018 yil, "Neftchi" — "Navbahor" 2:1).

2019 yilga qadar Oliy liganing barcha mavsumida ishtirok etgan jamoalar soni uchta edi — "Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi". Farg‘onaliklar 2018 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Pro ligaga tushib ketganidan so‘ng bunday jamoalar bittaga kamaydi.

"Navbahor" va "Neftchi" jamoalari Oliy ligada 54 marta kuch sinashgan, 26 g‘alabani "Neftchi" o‘z hisobiga yozgan bo‘lsa, 13 uchrashuvda "Navbahor" zafar quchgan. 15 marotaba jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. Vodiy derbisida darvozalarga umumiy 134 ta gol kiritilgan (54 ta "Navbahor", 80 ta "Neftchi").

Bugun “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va soat 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!