Asosiy mazmunga oʻtish

"Navbahor" vaqtni cho‘zdimi?

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev
Izohlar: 7

Futbol bu jang!

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanalida "Al Hilol" - "Navbahor" bahsidagi ayrim epizodlar masalasida post qoldirdi. Unga ko‘ra, kechagi "lochinlar"ning vaqtni cho‘zgani normal holat va hakam buni ortig‘i bilan o‘rnini to‘ldirgan.

"Al Hilol" bosh murabbiyi va ayrim muxlislar kecha "Navbahor"ning natija uchun vaqt cho‘zgani haqida fikr bildirdi. Qo‘shilaman, vaqt cho‘zildi, ammo "Al Hilol"ga yo‘qotilgan vaqti evaziga ortig‘i bilan kompensatsiya berildi. 120 daqiqada qila olmagan ishi uchun portugaliyalik murabbiyning "lochinlar"ni malomat qilishga xaqqi yo‘q.

Yuqorilagi epizod (video) 2002 yildagi JChdan olingan. Braziliya Turkiya bilan juda og‘ir kechayotgan o‘yinda Rivaldo mana shunday ayyorlik ishlatgan holda raqibga qizil kartochka oldirgan edi. "Oltin To‘p" sovrindori jamoasi g‘alabasi uchun mana shunday ishlardan sira tap-tortmagani normal holat. Yakunda Braziliya mundial oltin medallariga ega chiqadi. O‘sha kuni Turkiyani engib turgan holatda ham Rivaldo shu ayyorlikni ishlatgan. Futbol bu jang! Jangda esa "omon" qolish uchun barcha xiylaga qo‘l urish kerak bo‘lsa, buni o‘ylab o‘tirmay qilish lozim.

Kecha "Navbahor" juda murakkab vaziyatda o‘zini mardonavor tutdi. Kuchli va qo‘rqinchli raqib oldida "chekinmadi". Aynan shu dadilligi uchun ham ortga boshini baland ko‘tarib qaytishga xaqli! Raqib murabbiyining so‘zlari o‘zini oqlashdan boshqa narsa emas". 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q