"Navbahor"da turkmanistonlik murabbiy amaliyot o‘taydi

  • 11 fevral, 2024, 23:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning "Navbahor" klubida chet ellik murabbiy amaliyot qiladigan bo‘ldi.

Turkmaniston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Axmet Agamuradov joriy yilning 9-15 fevral kunlari PRO litsenziyasini qo‘lga kiritish uchun “Navbahor”da amaliyot o‘taydi. Bu haqida "lochinlar" jamoasi matbuot xizmati xabar berdi. 
Jamoa ushbu hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, "Navbahor" navbatdagi uchrashuvni Saudiya Arabiistonining "Al-Ittihod" jamoasiga qarshi o‘tkazadi va bu bahs 15 fevral kuni soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!