"Navbahor"ni kim "jarga itardi?"

  • 02.10.2022 11:27
  • Javokhir Azimov
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Men qashqadaryolik emasman, shuning uchun "Nasaf"ga simpatiyam yo‘q. Toshkentlik ham emasman, "Paxtakor", "Bunyodkor" yoki "Loko"dan birining g‘alabasi meni boshqalardan ko‘proq quvontirmaydi. Xo‘sh, nima qilibdi? Buni shunchaki ma’lumot o‘rnida qabul qilib qo‘yarsiz.

Gapning indallosiga o‘tsak, "Navbahor" juda va juda qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. 20-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keladigan "Paxtakor" va "Nasaf" durangga imzo cheksa-ku, ko‘p narsa o‘zgarmasligi mumkin, ammo raqobatchilardan biri g‘alaba qozonsa, namanganliklarga "og‘iridan keladi". Hozir bu qanday sodir bo‘lganini tahlil qilib ko‘ramiz. Aslida "Navbahor"ni kim "jarga itardi?"

1-variant — hakamlar!

Tantashev o‘yinni shunday boshqardi-ki, unga e’tiroz bildirmagan inson qolmadi. Mana bu vaziyatni namanganliklar hali uzoq gapirishi aniq. Eng qizig‘i, referi videotakrorlarni nega ko‘rmaganini hamon tushuna olmayapman.

video_2022-10-01_23-21-13

Menimcha, qo‘l u qadar tabiiy holatda emasdi. Tabiiy holatda ham deylik, lekin to‘p Marushich manzili tomon yaxshi tezlikda ketayotgan, Zoran bir harakat bilan uni darvozaga to‘g‘irlab yuborishi mumkin edi. Vaziyat eng kamida VARni ko‘rish uchun etarli degan fikrimda qolaman!

Bo‘ldimi? Faqat shumi? YO‘Q! Arbitr "lochinlar" foydasiga ham bitta shu kabi qaror qabul qildi. Ko‘pchilik sezmadiku, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘qqizinchisida Rahmonaliev mehmonlar jarima maydoni ichida yiqildi. Hakamning qarori - penalti yo‘q! Bu haligi to‘p Yoqubovning qo‘liga tekkan vaziyatga ancha o‘xshab ketardi. Balki Tantashev VARdagi yordamchilariga shunchalik ishonar, balki 5 ta kamera holatga to‘liq oydinlik kiritib bera olmasligi o‘z so‘zini aytgandir...

video_2022-10-01_23-54-25

2-variant — "Bunyodkor!"

Bahs atrofidagi juda ko‘pchilik bitta gapni aytmoqda: "Bunyodkor" maktab o‘quvchilari bilan yutib ketdi". Darhaqiqat, Boshkovich maydonga tashlagan futbolchilarning ko‘pchiligi hali juda yosh. Lekin shu bolalar akalariga qo‘shilib o‘z bo‘yidan balandroq sakradi. Balki ulardan birortasi fantastik o‘yin ko‘rsatmagandir, ammo yosh "qaldirg‘ochlar" so‘nggi daqiqalargacha tinim bilmadi.

Raqib bosh murabbiyi ham mezbonlarning faolligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ha, "Jar"dagi bellashuvda "qaldirg‘ochlar" "lochinlar"dan balandroq parvoz qildi. Buni hatto Babayan tan olib turganda yana kim e’tiroz qilardi?!

babayan 0

3-variant — "Navbahor"ning o‘zi!

Menimcha, mag‘lubiyatning eng katta sababchisi futbolchilarning o‘zi: vaziyatlardan foydalana olmagan hujumchilar, mudofaada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan himoyachilar, shogirdlari charchab qolishining oldini ololmagan murabbiy. E’tibor bergan bo‘lsangiz, "Navbahor" ikkinchi bo‘limda g‘alaba uchun etarli vaziyatlar yaratdi. Birinchi taymda-chi? Dastlabki 45 daqiqalikda harakat qilgan Kasyan umuman ko‘rinmadi. Qanday qilib chempionlik uchun kurashmoqchi bo‘lgan klub bunday bo‘sh taym o‘tkazishi mumkin?

navbahor xafa

Xullas, hozir tanqid hech kimga yoqmasligi aniq. Lekin shuni unutmangki, "Navbahor" juda-juda kerakli ochkolarni boy berdi. Chempionat intrigasini faqatgina "Paxtakor" - "Nasaf" o‘yinidagi durang qutqarib qolishi mumkin!

Javohir Azimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
02/10/2022 01:25
Ахмедов Касян Андреев яна 3-4 уйинчилар узини даражасидаги жамоага бориб уйнаса яхши буларди уларни жавобини бериш керак жамоада номлар булгани билан 30 фоизи бошкаларини тенги эмас ратация килиб уйнаш учун шу уйинчилар сабаб ратация килиб булмайди 2 таймда пенальтигача вазиятлар хам бой берилди колаверса Бунедкор дарвозабони яхши уйнади Хулласи 3 таси майдондан олингандан кейин уйин яхши томонга узгарди лекин омад келмади хулласи 3-4 тасини жавобини бериб ратацияга ярайдиган уйинчилар олиш шарт.
&
Бахриддин М.З.
02/10/2022 12:12
Qizilqumni nohaq engani darrov qaytdi. Birovga qilmagin zinhor, senga ....
&
Bek 56
02/10/2022 06:52
Бунёдкорни армани жамоаси устидаг ишончли галаба билан табриклайман
Baxil Alihuja
02/10/2022 15:40
Навбахор уйинчилари хакамларга ишониб колган булса керак-де? Энг куп жарга итараётган бу Бабаян-де! Келишилган уйинларда айнан мана шу арманини кули бор! Тепада танкаси Одил Ахмедов бор нима гами бор?