
Navbatdagi turda Babayan jamoasi ochko yo‘qotdi
Hamyurtimiz Samvel Babayan Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasi bosh murabbiyi sifatida navbatdagi o‘yinni o‘tkazdi.
Tszya-ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Xeyluntszyan Lava Spring" - "Chanchun Yatay" bellashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Mezbonlar vakili Chjan Xao 33-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Lukas Souza o‘yin so‘ngiga qadar tarozi pallalarini tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda chanchunliklar turnir jadvalida 11 ochko to‘plagan holda, 2-pog‘onani egallab turibdi. Peshqadam bilan oradagi farq bir ochkoni tashkil etadi.
Fikrlar