"Navruz Cup-2022". Qolgan terma jamoalar Namanganga qachon etib kelishi ma’lum

  • 22 mart, 2022, 22:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 25 va 29 mart kunlari Namanganda “Navruz Cup-2022” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur turnirda qatnashadigan terma jamoalar Namanganga etib kelishni boshladi. Ma’lum qilganimizdek, bugun Tojikiston terma jamoasi vakillari manzilga etib kelishdi.

"Navbahor" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, qolgan  3 ta terma, ya’ni, O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi va Uganda terma jamoalari delegatsiyasi ertaga etib keladi.

Mazkur terma jamoalar vakillarini o‘z bortiga olgan samolyot ertaga soat 10:45 da Namangandagi xalqaro aeroportga kelib qo‘nadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!