
"Navruz Cup". O‘zbekiston - Qirg‘iziston: Matnli translyatsiya
Birozdan so‘ng "Navruz Cup" turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs start oladi. Ushbu uchrashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring.
90+4. O‘yin yakuniga etdi. O‘zbekiston "Navruz Cup" turniri finaliga yo‘l oldi.
90+1. GOOOOOOL! Sergeev burchak zarbasidan so‘ng bosh bilan zarba yo‘llab, dubl qayd etdi va hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo‘shib berildi.
85. GOOOOOOOOL! Sergeev terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.
83. Qirg‘iz Respublikasi hujum uyushtirib ko‘rdi. Darvozabonimiz o‘z o‘rnida.
82. Qirg‘iz Respublikasi erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritib berishi kerak.
80. Eldor Shomurodov o‘tkir burchak ostidan zarba yo‘lladi, biroq kuchsiz.
78. Alijonovning uzatmasidan so‘ng maydon markazida zarba yo‘llaydigan futbolchi topilmadi.
72. Vakillarimiz bor kuchi bilan hujumga o‘tmoqda.
69. O‘yinda kichik to‘xtalish. Qirg‘iz Respublikasi darvozaboni Tokataevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
66. Hojiakbar Alijonovning uzatmasiga aniqlik etishmadi.
65. GOOOOOOOOL! Eldor Shomurodov Hamdamovning bosh bilan bergan uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
63. Hamrobekovning kuchli zarbasiga umuman aniqlik etishmadi.
61. ALIJONOOOOV! Hojiakbar ajoyib vaziyatni ko‘kka sovurdi.
60. Alijonovning uzatmasidan so‘ng qirg‘izistonlik futbolchilar to‘pni qaytardi.
57. Yurtdoshlarimiz hujum qilayotgan bir paytda ofsayd holati qayd etildi.
54. Maydon markazida vakillarimiz o‘yin qoidasini buzdi.
51. EXXXXXX! Eldor Shomurodov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi
49. Otabek Shukurov qanotdan kirib bordi va burchak zarbasi ishlab oldi.
46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.
45+2. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha vakillarimiz 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda.
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
44. Hamyurtlarimizda yaxshi vaziyat vujudga keldi. Raqib himoyasidagi palapartishlikdan terma jamoamiz foydalana olmadi.
42. Eldor Shomurodov jaroha olib maydonda yotibdi.
39. Javohir Siddiqovning markazga bergan uzatmasiga aniqlik etishmadi.
37. Qo‘shnilarimiz havfli jarima zarbasi amalga oshirdi. Ammo biroz noaniq.
35. Raqiblar qanotdan uzatma amalga oshirdi va zarba yo‘llashga ham erishdi. Yusupov o‘z o‘rnida.
33. Qirg‘izistonliklar yaqin masofadan jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
30. Vakillarimiz hujumda o‘yin qoidasini buzdi.
27. Maydon markaziga yaqin nuqtada Masharipovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Vakillarimiz foydasiga jarima zarbasi
25. Sayfiev to‘p uzatishda ketma-ket xatolar qilmoqda.
22. Shomurodov ajoyib fint evaziga bir raqibni ortda qoldirib, Siddiqovga mukammal pas berdi. Javohir to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.
19. Masharipov chiroyli pas evaziga Sayfievni yaxshi vaziyatga chiqardi. Qanotdan tezkorlik bilan kirib borgan Farruxning uzatmasiga aniqlik etishmadi.
16. Maydon markazija Hamrobekovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.
14. HAVFLI HUJUM! Vakillarimiz jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasini ketma-ket o‘qqa tutdi. So‘nggi zarbani Masharipov yo‘lladi. Biroz noaniq
11. Hamdamov qanotdan bordi va jarima maydoni markaziga to‘pni uzatdi. Darvozabon o‘z o‘rnida.
9.Vakillarimiz golga tezkor reaktsiya bildirib, hujumga tashlanmoqda.
7. O‘yinda hisob ochildi. Himoyachi Ashurmatovning xatosidan so‘ng mehmonlar futbolchisi Mirjan Murzaev gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
5. Markazda Dostonbek Hamdamov to‘pni oldirib qo‘ydi
2.Vakillarimiz havfli hujum uyushtirdi. Masharipov qanotdan kirib bordi va markazdagi sherigiga to‘pni uzatdi. Biroq noaniq.
1. O‘yinga start berildi.
0. Jamoalar maydonga chiqib keldi. Uchrashuv boshlanishiga hamma narsa shay holatda.
Assalomu aleykum qadri futbol muxlislari. Birozdan so‘ng terma jamoamiz "Navruz Cup" turniridagi yurishini Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv jarayonini saytimiz orqali kuzatib boring.
Fikrlar