Naxotki?! Birgina g‘alaba uchun Iphone 16

  • 15 sentabr, 2024, 15:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jennaro Gattuzo “Hayduk”ning barcha futbolchilari va xodimlariga Iphone 16 sovg‘a qildi.

Gap shundaki, bosh murabbiy jamoasi bilan Xorvatiya chempionatining navbatdagi turida Zagrebning “Dinamo” jamoasi bilan markaziy o‘yinda bellashdi. Mazkur bahsda klub 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu sabab murabbiy jamoani mukofotlashga qaror qildi. Mana shu yutuqdvan keyin "Xayduk"  "Dinamo"dan o‘zib ketdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har biri taxminan 1100 evro bo‘lgan jami 35 ta telefonga buyurtma berilgan. Bularning bari uchun Gattuzo to‘lovlarni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar italiyalik mutaxassis etarlicha maosh olayotgani va murabbiylik bilan pul uchun emas, futbolga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli shug‘ullanayotganini bir necha bor aytib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!