"Neftchi" - "Andijon" bahsi uchun chiptalar narxi qancha?

  • 09.03.2026 10:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 3-turning markaziy o‘yinlaridan biri Farg‘onada o‘tkaziladi va unda vodiý derbisi doirasida "Neftchi" hamda "Andijon" klublari kuch sinashishadi.

"Neftchi" matbuot xizmati ushbu uchrashuv uchun chiptalar savdosi boshlanganini e’lon qildi. Chiptalar savdosi 9 mart soat 09:00 dan rasman boshlandi.

Chiptalar narxi: 40 000 so‘m. VIP sektor uchun esa 100 ming so‘m etib belgilangan. Chiptalarni “Istiqlol” stadioni kassalari, shuningdek Marg‘ilon shahrida — “Ansor” oshxonasi oldida hamda Dehqon bozori hududida. Shuningdek, Farg‘ona shahrida esa Dehqon bozori va “Savdo majmuasi” hududida (2 ta joyda), “Korzinka” savdo majmuasida, San’at saroyida hamda “Flagman” savdo majmuasida chiptalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. 

Mehmon jamoa muxlislari uchun ajratilgan sektor chiptalari 10 mart kuni “Istiqlol” stadioni hududidagi maxsus kassa sotuvga chiqariladi, - deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvi 10 mart kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!