
"Neftchi" FIFA kunlarida ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Farg‘onaning "Neftchi" klubi mart oyidagi FIFA kunlarida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi.
"Xabaringiz bor,FIFA kunlari munosabati bilan vujudga kelgan tanaffus paytida "Neftchi" murabbiylar shtabi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirgan.
20 mart chorshanba kuni vakillarimiz dastlabki o‘rtoqlik bellashuvida Qirg‘iz Respublikasi U20 terma jamoasi bilan kuch sinashsa, navbatdagi bahs 24 mart yakshanba kuni bizga yaqindan tanish bo‘lib ulgirgan, Tojikiston chempionati etakchi klublaridan biri "Xo‘jand" jamoasi qarshi bo‘lib o‘tadi.
Xar ikki bahs Farg‘ona shahridadagi "Istiqlol" stadionida soat 16:00 ga bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz",- deya xabar berdi "yo‘lbarslar" matbuot xizmati.
Fikrlar