"Neftchi" klubi taqdimot marosimi o‘tkazadi. Anjuman sanasi va joyi ma’lum

  • 3 mart, 2021, 14:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 22 mart kuni O‘zbekiston chempionatining Pro liga-2021ga start beriladi. Mavsum oldidan jamoalar taqdimot marosimini o‘tkazishga bel bog‘laydilar. Jumladan, o‘z oldiga jiddiy maqsadlar bilan Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan "Neftchi" jamoasi ham taqdimot marosimiga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda va ushbu marosim 5 mart juma kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, mazkur tadbir Qirgulidagi "Neftchi" madaniyat saroyida soat 10:00da boshlanadi.

Taqdimot marosimida bu yil jamoa tarkibida faoliyat olib boradigan futbolchilar va murabbiylar shtabi hamda yangi liboslar yaqindan tanishtiriladi.

photo_2021-03-03_08-29-09

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!