"Neftchi" o‘rtoqlik uchrashuvida Jizzax klubini mag‘lub etdi

  • 17.07.2022 23:26
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

O‘zbek klublari Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni qizg‘in olib bormoqda.

Bugun "Neftchi" hamda "Zomin" jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Bunyodkor" stadioni zaxira maydonida o‘tkazilgan bellashuvda farg‘onaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, zominliklar a’zosi Diyor Yunusov hisobni ochdi. Bunga "yo‘lbarslar" Sunnat Abdullajonov va Izzatillo Abdullaevning gollari evaziga javob qaytardi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!