"Neftchi" o‘z maydonida "Andijon" va "Alay" bilan nazorat uchrashuvlarida ishtirok etadi (foto)

  • 6 sentabr, 2023, 16:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi"ning o‘rtoqlik o‘yinlari belgilandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Xabaringiz bor, kechadan boshlab Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi jamoa a’zolari tayyorgarlik jarayoniga kirishib, Qirgulidagi qarorgoh stadionida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Superligada yuzaga kelgan tanaffus paytida murabbiylar shtabi futbolchilarning o‘yin amaliyotini uzluksiz ta’minlash maqsadida bir nechta o‘rtoqlik nazorat bellashuvlarini rejalashtirgan bo‘lib, ushbu o‘yinlar taqvimini muxlislari e’tiboriga havola etamiz.

12 sentyabr kuni "Neftchi" Qirg‘iz Respublikasi Premer-liga vakili O‘shning "Alay" klubini qabul qilsa, 16 sentyabr kuni "Andijon" jamoasi bilan kuch sinashadi. Barcha uchrashuvlar Qirgulidagi "Neftchi" stadionida o‘tkaziladi.

nef

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!