"Neftchi" o‘z safiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosini qo‘shib olganini tasdiqladi (Foto)
Yangi mavsumga Turkiyada puxta hozirlik ko‘rayotgan "Neftchi" jamoasi tarkibni kuchaytirish doirasida o‘z safiga tajribali yarim himoyachini qo‘shib oldi. O‘tgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida faol o‘yin namoyish etgan Abror Ismoilov farg‘onaliklar bilan bir yilga mo‘ljallangan ijara shartnomasini imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Abror Ismoilov 1998 yilning 8 yanvar sanasida tug‘ilgan bo‘lib, futbolchilik faoliyatini "Neftchi" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Surxon" safida o‘ynab, 2020 yilda "Paxtakor"ga o‘tgan futbolchi klub bilan 2022 yil oxiriga qadar shartnomani rasmiylashtirgan. Aytib o‘tish joiz, Abror Ismoilov ayni damda O‘zbekiston MTJ a’zosi hisoblanadi.
Rasman! "Paxtakor" futbolchisi "Neftchi"ga o‘tdi


Fikrlar