"Neftchi" O‘zbekiston terma jamoasi sardoriga qiziqish bildirmoqda

  • 12.12.2025 12:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston U17 terma jamosi sardori va "Ahmedov fc" a’zosi Mo‘minxon Bahodirxonov faoliyatini vodiyda davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz sayti jurnalisti Oybek Yuldoshevga ma’lum bo‘lishicha, 17 yoshli markaziy himoyachiga Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov shogirdi bilan "Neftchi"da ham birga ishlashni rejalashtirmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, U17 termamiz sardori Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatining barcha o‘yinlarimizda to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
12/12/2025 21:45
Зур танлов.Устоз ва шогирд.