"Neftchi" O'zbekiston terma jamoasi sardorini o'z safiga qo'shib oldi
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi sardori hisoblangan Mo‘minxon Bahodirxonov - "Neftchi"ning yangi futbolchisi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mo‘minxon U-17 yoshlar terma jamoamizning sardori bo‘lib, shu bilan birga U-17 Osiyo chempioni hisoblanadi. Uning ushbu musobaqalardagi ishonchli harakatlari far‘g‘onaliklarning e’tiborini tortgan.
Shuningdek, endilikda Bahodirxonov terma jamoadagi murabbiyi Islombek Ismoilov bilan "Neftchi"da ham faoliyat olib boradi.
Fikrlar