"Neftchi" safida yana bir legioner paydo bo‘ldi (Foto)
"Neftchi" klubi ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Farg‘onaliklar yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etmoqda.
Jamoa yangi murabbiyi Vitaliy Levchenko tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratgan. Jamoa safiga rossiyalik darvozabon Evgeniy Konyuxov kelib qo‘shildi.
Hozircha, posbon farg‘onaliklar bilan shug‘ullanmoqda va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushyapti. Klub matbuot xizmati hali shartnoma borasida ma’lumot bermadi.
Evgeniy Konyuxov Rossiya klubilarida faoliyat yuritgan. "Ximik", "Torpeda", "Nijniy Novgorod", "Krilya Sovetov" kabi klublar darvozasini qo‘riqlagan posbonning oxirgi jamoasi "SKA-Rostov" hisoblanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi "Neftchi"da (Foto)


Fikrlar