
"Neftchi" yarim himoyachisi "Navbahor"ga qaytishi mumkin!
"Neftchi" jamoasi universal futbolchisi Jamshid Boltaboev faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, uning farg‘onaliklar safini tark etish ehtimoli yuqori. Ayni damda Boltaboev xech bir jamoa bilan kelishuvga erishganicha yo‘q, ammo takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Uning xizmatlariga "Navbahor" va "Bunyodkor" qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum boshidan beri "yo‘lbarslar" safini himoya qilmoqda. U Superliganing birinchi davrasida 10 ta o‘yin o‘tkazdi va bir bora golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar