
"Neftchi"dan juda qiziq fakt. Agar shu faktga ishonsak, farg‘onaliklar "Metallurg"ni yutishi kerak...
"Neftchi" futbol klubi O‘zbekiston chempionati doirasidagi barcha mavsumlarning 23-turlarini 15 g‘alaba, 5 durang va 7 ta mag‘lubiyat bilan yakunlagan.
Eng qiziq tomoni, ushbu tur doirasida uch marotaba "Metallurg" bilan bahs olib borib, barchasida g‘alaba nashidasini surgan. Joriy yilning 23-tur bahsi esa to‘rtinchisi hisoblanadi.
1999 yil 23-tur "Neftchi" - "Metallurg" - 3:1
2000 yil 23-tur "Neftchi" - "Metallurg" - 4:0
2008 yil 23-tur "Neftchi" - "Metallurg" - 2:0
2022 yil 23-tur "Metallurg" - "Neftchi"...
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
Fikrlar