"Neftchi"ning gollari haqli bekor qilindimi?

  • 13.08.2023 11:32
  • Karim Xudayqulov
  • 6
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga chempionatining bahslari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Deyarli har bir uchrashuvda tomonlar uch ochko uchun hayot-mamot jangida kurash olib borayotganday. 11 avgust kuni "Istiqlol" stadionida "Neftchi"  hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ham har ikkala jamoa uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu kuni "Neftchi"ning g‘alabasi 16-turdan so‘ng peshqadamlikni anglatadigan bo‘lsa, jizzaxliklar uchun uzoq davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriya orqali salohiyatlarining oshishi va mavqeini mustahkamlash borasidagi omillardan biri edi.

Mezbon sifatida to‘p surgan farg‘onaliklar o‘yin boshlaridanoq hujumkorlikka zo‘r berib, to‘rtinchi daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Lekin, bu vaziyatda qanot hakami o‘yindan tashqari holatni qayd etdi. Bosh hakam ham VAR hakamlari bilan aloqaga chiqqanidan so‘ng, monitor yoniga borishga va golni holisona yoki noholis inobatga olinganligiga iqror bo‘lishga harakat qilmaganligi stadionga  tashrif buyurgan va zangori ekran qarshisida bevosita kuzatib borayotgan minglab futbol ishqibozlarining e’tirozlarini keltirib chiqarganligi tayin.

Ushbu vaziyat (video takror)ga  diqqat bilan e’tibor bersangiz, Umar Adhamzoda to‘pni jarima maydonchasi ichiga uzatayotgan pallada offsayd yo‘qligi ko‘rinib turishidan tashqari, qanot hakami ham bu vaziyatda katta ehtimol bilan o‘yinning davom ettishiga qarshilik ko‘rsatmadi. Lekin, quloqchin yordamidami yoki boshqa sababmi negadir bayroqchasini  kechikib bo‘lsa ham ishga tushirdi. Bu vaziyat takror ko‘rib chiqilsa, to‘p uzatilganda mehmonlarning himoyachisi bilan bir chiziqda bo‘lgan Mirzohid G‘ofurovning oyog‘i offsayd chizig‘ini oldinroq kesib o‘tmagani takroriy lavhada ko‘rinib turibdi. Lekin, ushbu vaziyatda bosh hakam Rustam Lutfullin VAR bilan suhbatdan so‘ng jamoamiz tomonidan urilgan golni hisobga olmadi. Vaholanki, Lutfullinda ushbu  bahsli vaziyatni VARga borib, ko‘zdan kechirishi ham mumkin edi. Biroq, bosh hakam bunday yo‘l tutishni xohlamadi. Bu holat esa  stadionga  kelgan ko‘p sonli va zangori ekran qarshisida bevosita kuzatib borayotgan muxlislarning g‘azabani keltirdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek,  agar  ushbu gol hisobga olinganda uchrashuv surati boshqacha tus olgan bo‘lishi mumkin edi. Balki "Neftchi" ham ushbu natija orqali Superliga musobaqasining karvonboshisiga aylanib qolishi hamda Superligada chempionlik uchun yanada katta intrigani olib kirishi aniq edi.

Ushbu holatlarni ko‘rib chiqib, futbol jamoatchiligidan  holisona fikr bildirishlarini  istab qolardik: 

neeftchi

neftchii


                                                                                                                  Manba: "Neftchi" matbuot xizmati




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
14/08/2023 09:35
Эх хакамлар яшангглар Пахтакор бу йил хам чнмпион буладиканда
&
Турсунов Саидасрор
13/08/2023 17:13
Хакамларга кандай булмасин очко йукотиш фазифасини куйишган олдига лекин бизнинг хакамлар уз ишини койил макаом килиб бажаришади .
&
Турсунов Саидасрор
13/08/2023 17:13
Хакамларга кандай булмасин очко йукотиш фазифасини куйишган олдига лекин бизнинг хакамлар уз ишини койил макаом килиб бажаришади .
Узимдааа Мендааа
13/08/2023 14:26
Нима бу пахтакорни Яна чимпион килишга харакатми???
u. mukumov.
13/08/2023 13:39
Уйинди бошкадан утказиш керак ёки сугдиёнага техник маглубият ёзиш керак.
&
Farxod Mirzamatov
13/08/2023 12:20
Bu bilan Neftchini ikkita o‘yinida natijaga tasir qiladiga qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi xakamlar.