"Neftchi"ning legionerlari Osiyo kubogida qatnashmoqda!

  • 13.01.2024 18:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Bugun  "A" guruhida ishtirok etayotgan Tojikiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi tarihida o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Xabaringiz bor, Tojikiston MTJ Osiyo kubogi debyutanti hisoblanadi. Xitoyga qarshi kechadigan bugungi bahsda saudiyalik Muhammad Holid Al Xoish bosh hakam bo‘ladi.

Mazkur uchrashuvda "Neftchi" a’zolari Zoir Jo‘raboev va Manuchehr Safarovga hamda Tojikiston milliy terma jamoasiga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy - Tojikiston uchrashuvi bugun  Toshkent vaqti bilan soat 19:30da "Abdulloh bin Halifa" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!