"Neftchi"ning OKMK ustidan qozonilgan g‘alabasi tarixiy bo‘ldi

  • 28 oktabr, 2024, 18:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turidan o‘rin olgan OKMK - "Neftchi" bahsi 1:2 hisobida mehmonlar hisobiga hal bo‘ldi.

Tecno

Uchrashuvdagi dastlabki gol 14-daqiqada Anvarjon G‘ofurov tomonidan kiritilgan bo‘lsa, 82-daqiqadagi Nsungusi Effiongning goli esa hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 90+3-daqiqada Dilshod Ahmadaliev oradagi farqni bittaga qisqartirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba bilan "Neftchi" tarihiy g‘oliblik marrasini ham egalladi. Shu kungacha "Paxtakor"  jamoasi Oliy liga va Superliga musobaqalarida 500 marta g‘olib chiqqan edi. Bugun "Neftchi" shu marrani egalladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
28/10/2024 18:49
Кушалок байрам муборак