Ne’matillo Quttiboev: "Har o‘yinda g‘alaba qozonmoqchimiz"

  • 21 fevral, 2024, 21:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga klublari ham jadallik bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishyapti. Jumladan, Nukusning “Aral” jamoasi ham astoydil hozirlik ko‘rmoqda.

Tecno

 Bu jamoa qishki yig‘inini asosan Toshkentda davom ettirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ne’matillo Quttiboev uchun bu yilgi mavsum yanada mas’uliyatlidir.

“Aral” klubi qishki tayyorgarlik doirasida “Andijon”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng “Aral” bosh murabbiyi Ne’matillo Quttiboevga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- Avvalambor, “Aral”ning “Andijon”ga qarshi o‘yini sizda qanday taassurot qoldirdi?

- “Andijon” Superliga jamoasi. O‘zingiz bilasiz, noqulay ob-havo yuzaga keldi, qorlar yog‘di. Natijada biroz o‘yin amaliyotisiz qolgandik. Bu uchrashuv bizga juda kerak edi. Jamoamizdagi 3-4 nafar yangi o‘yinchilarni ko‘rikdan o‘tkazdik. Uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, bellashuv har ikkala jamoa uchun ham kerakli o‘yin bo‘ldi.

- Raqib jamoa haqida nima degan bo‘lardingiz?

- Baribir ko‘rinib turibdiki, bizga qaraganda jismoniy tomondan kuchliroq. O‘ylaymanki, bizning futbolchilarimiz ham yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Menda yaxshi taassurot qoldirishdi.

kuttiboev

- “Aral”da bir qator yangi o‘yinchilar bor. Selektsiya haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz. Bundan qoniqyapsizmi?

- Tajribali o‘yinchilarga kelsak, o‘tgan yili chaqirilgan, masalan, Obid Jo‘raboev va Salamat Quttiboevlar. A’zam Aliev esa jarohati borligi uchun bugun o‘ynay olmadi. Boshqa futbolchilarga kelsak, ular bilan ikkinchi yili o‘ynayapmiz. 3-4 nafar yangilari kelgan va qolgan 70-80 foizi o‘tgan yilgi o‘yinchilar.

- O‘sha yangi futbolchilardan shartnoma imzolaganlari bormi?

- Deyarli hammasi bilan. Yana ikkita o‘yinchini ko‘ryapmiz. Xudo xohlasa, ular bilan ham yaqin orada kelishuvga erishamiz.

aral_1

- “Aral”ni bu yil pro ligadagi asosiy vazifasi qanday?

- Har o‘yinda maydonga tushib g‘alaba qozonish.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!