
Ne’matillo Quttiboev: "O‘zgarishlarimiz ish bermadi"
Bugun pro liganing 9-tur doirasida Nukusda “Aral” “Mash’al” bilan kuch sinashdi va unda 1:1 hisobi kuzatildi. Uchrashuvdan keyin maydon egalari ustozi Ne’matillo Quttiboev o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bugungi o‘yinga kelsak, bizga ham, “Mash’al”ga ham juda qiyin bo‘ldi. Bu uchrashuvni yutgan jamoa bir kun bo‘lsa ham 1-o‘ringa chiqib olardi. Ikkinchi taymda tarkibda o‘zgarishlarni qildik. Lekin bu o‘zgarishlarimiz ish bermadi.
- Salamat Quttiboev nega maydonga tushmadi?
- Quttiboev gripp bo‘lib qoldi. Shuning uchun tarkibga kirita olmadik.
Fikrlar