Nemis mashinasini ishdan chiqargan detal ma’lum bo‘ldi
Germaniya terma jamoasi murabbiyi Xans-Diter Flik jamoada birdamlikka erisha olmadi. Xabarlarga ko‘ra ayni dam jamoa ikki lagerga bo‘lingan - "Bavariya" vakillari va boshqalar.
Bild xabariga ko‘ra, mutaxassis Myunxen klubi futbolchilariga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lganlikda ayblandi, bu esa jamoa ichida bo‘linishlarga sabab bo‘lgan.
Mazkur holat turnir boshlanishidan oldin ham jiddiy muammoga aylangandi, ya’ni futbolchilar murabbiydan bir xil munosabat va e’tibor ko‘rishmaganini aytgan. Yaponiyaga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yindan so‘ng esa bu yanada yomonlashdi va jamoa samuraylarga kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi (1:2).
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra to‘rt ochko jamg‘arib, to‘plar orasidagi farq bo‘yicha pley-offdan quruq qoldi.
Fikrlar