
Neymar, Vinisius, Rafinya - Braziliyada yil futbolchisi aniqlanmoqda (barcha nomzodlar)
Braziliyada yilning eng yaxshi futbolchisiga taqdim etiladigan "Oltin samba" sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Undan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Alisson, Fabino (har ikkisi "Liverpul"), Antoni, Kazemiro (har ikkisi "Manchester Yunayted"), Bremer, Danilo (har ikkisi "Yuventus"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Eder Militao, Rodrigo, Vinisius Junior (barchasi – "Real"), Ederson ("Manchester Siti"), Gabriel Jezus, Gabriel Martinelli (har ikkisi "Arsenal"), Lukas Paketa ("Vest Xem"), Markinos, Neymar (har ikkisi PSJ), Filippe Koutino ("Aston Villa"), Rafinya ("Barselona"), Risharlison ("Tottenxem", Tyago Silva ("Chelsi").
2021 yilda "Pari Sen-Jermen" yulduzi Neymar ushbu sovrin egasiga aylangandi. G‘olib 3-dan 31 yanvargacha bo‘lib o‘tadigan ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi.
Fikrlar