Neymar 10-raqam seni kutmoqda!

  • 01.07.2022 09:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nyukasl”ning braziliyalik hujumchisi Joelinton PSJdagi hamyurti Neymarning “qarg‘alar” safiga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Joelinton Goal.com nashriga bergan intervyusida, agar yulduz hujumchi "Nyukasl"ga o‘tsa, bu aql bovar qilmaydigan transfer bo‘lishini aytdi.

"O‘ninchi raqamli futbolka allaqachon Neymarni kutmoqda", - deya qo‘shimcha qildi Joelinton.

Eslatib o‘tamiz, PSJ rahbariyati 30 yoshli Neymarni sotishga tayyor. Uning xizmatlariga “Nyukasl”dan tashqari, "Chelsi" va "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!