Neymar Anchelotti qarorida hafsalasi pir bo‘ldi

  • 17.03.2026 23:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

​Braziliyalik muxlislar intiqib kutgan xushxabar biroz kechikadigan bo‘ldi: afsonaviy Neymar terma jamoaning mart oyidagi o‘yinlariga chaqirilmadi.

Braziliya terma jamoasining yangi ustozi Karlo Anchelotti Fransiya va Xorvatiyaga qarshi bahslar uchun tuzilgan ro‘yxatga Neymarni kiritmaslikka qaror qildi.

​Neymar hozirda Braziliyaning “Santos” klubida o‘ynamoqda va oxirgi o‘yinlarda yomon natija ko‘rsatmayapti (2 ta gol va 1 ta golli uzatma). Biroq murabbiy Anchelotti buni yetarli, deb hisoblamadi. Uning aytishicha, Neymar hali o‘zining eng yaxshi jismoniy holatiga qaytmagan. Murabbiyga esa hozirda to‘liq tayyor bo‘lgan futbolchilar kerak.

Bu qarordan xabar topgan Neymar o‘z noroziligini yashirib o‘tirmadi:

​- Men bu yerda gapirib o‘taman, chunki bunga jim qarab tura olmayman. Albatta, tanlanmaganimdan xafaman va xafsalam pir bo‘ldi. Lekin men har kuni, har bir mashg‘ulot va har bir o‘yinda bor e’tiborimni saqlab qolaman.

Biz maqsadimizga erishamiz. Hali yakuniy ro‘yxat oldinda, - deb bayonot berdi u “Mad House” strimida.

Neymarning oldida katta sinov turibdi. Kelasi yozda o‘tadigan jahon chempionatiga borish uchun uning hali imkoniyati bor. Buning uchun u may oyi oxirigacha “Santos” safida o‘zining naqadar kuchli ekanini amalda isbotlashi kerak. Braziliya oltinchi marta jahon chempioni bo‘lishni istasa, ularga haqiqiy, sog‘lom va kuchli Neymar juda zarur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!