
Neymar APLda o‘ynashni xohlaydimi?
PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Angliya chempionatida o‘ynashni xohlarmidim? Men premer-liga uchrashuvlarini kamdan-kam tomosha qilaman, ammo u erda yakkakurashlar juda ko‘p ekanligini eshitganman. Liga-1da ham bunday kurashlar etarli. Men uchun motivatsiya g‘alaba hisoblanadi, mag‘lubiyat emas. Men Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish nimaligini bilaman va bunga PSJ bilan erishishni xohlayman”, - dedi braziliyalik futbolchi.
Neymar 2017 yildan buyon PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar