Neymar "Barselona"ning barcha shartlariga rozi
“Barselona” klubi PSJ hujumchisi Neymarni yana “Kamp Nou”ga qaytarishni rejalashtirayotganidan xabaringiz bor.
Diario Sport tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 27 yoshli braziliyalik futbolchiga ortga qaytishi uchun ayrim shartlarni qo‘ygan. Jumladan, Neymar agar “Barsa”ga qaytishni xohlasa birinchi navbatda maoshining kamayishiga rozi bo‘lishi, 2016 yilda shartnomani uzaytirganlik uchun bonus to‘lamaganlik haqidagi da’vo arizasini qaytib olishi va eng PSJdan “Barselona”ga o‘tishni xohlayotganini omma oldida e’lon qilishi kerak.
Futbolchiga yaqin manbaalarning xabar berishicha Neymar kataloniyaliklarning barcha shartlarini bajarishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Neymar PSJga 2017 yil aynan “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar