
Neymar EChLda 2 daqiqada dubl qayd etdi
Xabaringiz bor ayni damda UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida PSJ o‘z maydonida “Tsrvena Zvezda”ni qabul qilmoqda va birinchi bo‘limda 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
E’tiborlisi, parijliklarning har ikkala goliga ham Neymar mualliflik qildi. Qizig‘i, braziliyalik futbolchi ushbu dublni qayd etishi uchun 2 daqiqa etarli bo‘ldi. Gollar 20- hamda 22-daqiqalarda kiritildi.
Qayd etish lozimki, ushbu gollar Neymarning joriy mavsum EChLdagi dastlabki gollari bo‘ldi.
Fikrlar