
Neymar endi janjal qilmaydi
PSJ hujumchisi Neymar o‘zini tutish borasida katta o‘zgarish qildi va bu Qatardagi jahon chempionati yaqinlashib kelayotgani bilan bog‘liq, deb xabar tarqatdi L'Equipe nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik yulduz klub rahbariyati bilan ziddiyatga borishdan voz kechgan va e’tiborini faqat futbolga qaratyapti. Avvallari Neymar mutasaddilarga juda ko‘p muammo keltirardi.
Qatardagi mundialda Braziliya terma jamoasining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan Neymarga bog‘liq. Buni yaxshi his qilgan 30 yoshli futbolchi o‘zini maydonda va undan tashqarida xotirjam tutishga, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishga harakat qilmoqda.
2017 yildan beri PSJda o‘ynayotgan futbolchi bu mavsum ancha samarali harakat qilmoqda. Statistika ham shundan dalolat bermoqda. Neymar barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 10 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar