
Neymar golini Kobi Brayantga bag‘ishladi (FOTO)
PSJ forvardi Neymar Liga 1 ning 21-turida "Lill" (2:0) ga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita gol urdi.
Braziliyalik bahsning 52-daqiqasida penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol etdi va qo‘llari bilan Kobi Brayantga tegishli bo‘lgan 24 raqamini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant vertolyot qulashi natijasida halok bo‘ldi. U o‘zining shaxsiy vertolyotida uchuvchi va yana 3 kishi bilan birga bo‘lgan. Vertolyot ichida bo‘lganlarning hech biri omon qolmadi.
Fikrlar