Neymar ham Messi va Ronaldu darajasiga chiqa oladimi?
“Roma” klubi yarim himoyachisi Xaver Pastore PSJdagi sobiq jamoadoshi Neymarning imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
“Neymar dunyoning birinchi raqamli futbolchisi bo‘lmoqchi. Buning uchun unda barcha imkoniyat bor. Agar u optimal formada bo‘lsa, istalgan o‘yinni bir o‘zi yutib qo‘yishi mumkin. Neymar yana o‘sishi mumkin. Har bir futbolchi yuqori darajaga chiqa oladigan jamoada o‘z vaqtida bo‘lishi kerak. Bu oson emas. Men Ronaldu va Messining darajasi haqida gapiryapman. Neymar ham bu darajaga erishish uchun etarli salohiyatga ega”, - deydi Pastore.
Fikrlar