Neymar klub xo‘jayiniga bosh ko‘tardi

  • 27 iyun, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar klub bilan uch yillik shartnomasi bo‘lishi va katta maosh olayotganiga qaramay, Parijni tark etishga qaror qildi. Bunga braziliyalik forvardning klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiydan jiddiy norozi ekani sabab bo‘ldi, deb yozmoqda RMC Sport nashri.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 30 yoshli futbolchiga klub xo‘jayinining matbuotga aytgan gaplari yoqmagan. Al-Xelaifiy jurnalistlar orqali Neymardan avvalgidan ham ko‘proq mehnat qilish kerakligini ta’kidlagan.

Bu gaplardan keyin Neymar klub uni qadrlamayotganini his qilganini bildirdi. U o‘zi doim jamoa etakchisi sifatida tan olinishiga katta e’tibor qaratib keladi.

Neymar PSJga 2017 yilda olib kelingan. Ayni paytda bu o‘yinchi har mavsum uchun 50 million evrodan maosh olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!