
Neymar nega Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tganini aytdi
“Al-Hilol”ning braziliyalik hujumchisi Neymar yangi jamoasida ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Menimcha, hammasini Krishtianu Ronaldu boshladi va o‘shanda hamma uni aqldan ozgan deb o‘yladi. Bugun ushbu liga tobora kuchayib borayotganini ko‘ryapsiz. Chempionat juda raqobatbardosh bo‘ladi, ayniqsa yozgi transfer oynasida imzolangan shartnomalardan keyin. Men raqobat muhim deb hisoblayman. Shuning uchun men bu ligaga qo‘shildim. Qiyinchiliklar meni toblaydi. Men ligani o‘sishiga yordam berish uchun keldim.
Boshqa jamoalarning yuqori darajadagi o‘yinchilari bilan to‘qnashish hayajonli, ammo bu yanada yaxshiroq o‘ynashga undaydi. Ronaldu, Benzema, Firminolar bilan to‘qnash kelganingizda hayajon yanada kuchayishi o‘z-o‘zidan ayon. Shuning uchun men ushbu ligaga qo‘shilganimdan xursandman, ular bilan uchrashish esa rostan ham ajoyib bo‘ladi”, - deya Neymar.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 15 avgust kuni PSJdan "Al-Hilol"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar