Neymar nega yig‘ladi?
PSJ hujumchisi Neymar "Barselona"ga kutilayotgan transferi barbod bo‘lganidan juda ham ranjigan.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 avgust kuni kataloniyaliklar braziliyalik futbolchiga qo‘ng‘iroq qilishgan va PSJ uning transferi bo‘yicha yuborilgan taklifni rad etganini aytishgan. Neymar esa o‘sha suhbatning o‘zidayoq ko‘z-yoshlarini tiyib tura olmagan va yig‘lab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yoz PSJdan ketmoqchi edi. Unga esa “Barselona”dan tashqari “Real” va “Yuventus” klublaridan ham qiziqishlar mavjud edi.

Fikrlar