
Neymar operatsiya qilindi
PSJ klubi yulduzi Neymarning jarohat olgan tizzasi operatsiya qilindi. Bu haqda "Lequipe" nashri xabar xabar bermoqda. Operatsiya Doha (Qatar)dagi klinikalardan birida o‘tkazildi.
Braziliyalik hujumchi yaqinda 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Frantsiya chempionatining "Lill"ga qarshi o‘yinida (4:3) jarohat olgan edi. Neymar jarohati tufayli joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi Parij grandi uchun barcha musobaqalarda 29 ta jang o‘tkazib, 18 ta gol va 17 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar