Neymar PSJga kelgan vaqtidan buyon nechta o‘yinda maydonga tushdi?

  • 11 fevral, 2021, 22:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berilganidek, PSJ hujumchisi Neymar kecha Frantsiya kubogining 1/32 finalidan o‘rin olgan “Kan”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi va taxminan bir oy maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.

Tecno

OptaJean nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli braziliyalik futbolchi PSJga ko‘chib o‘tganidan buyon jami 103 ta o‘yinda ishtirok etgan. Ushbu davr mobaynida esa parijliklar 191 ta o‘yin o‘tkazgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, Neymar jami o‘yinlarning bor yo‘g‘i 53,9 foizida qatnashgan xolos.

PSJ Neymarni 2017 yil “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!