
Neymar Suaresni PSJga chaqiryapti
"Pari Sen-Jermen"ning braziliyalik hujumchisi Neymar "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Luis Suaresni Parijga chorlamoqda, deb yozadi jurnalist Tankredi Palmeri.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Frantsiya chempioni urugvaylik to‘purar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va unda Neymar faol ishtirok etmoqda. PSJ Suaresga yiliga 20 mln evro maosh taklif qilmoqda. Luisga “Yuventus”dan ham qiziqishlar bor.
33 yoshli Suares “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 283 ta o‘yinda maydonga tushdi va 198 ta gol hamda 109 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar