
Neymar: "U irqchining yuziga urmaganimdan afsusdaman"
Frantsiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan PSJ - "Marsel" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Butun uchrashuv asabiy tarzda o‘tdi. Maydondagi futbolchilarga 14 ta sariq, 5 ta qizil kartochka ko‘rsatilgani buning yaqqol isboti. Bahs so‘ngida parijliklar yulduzi Neymar raqibi Alvaro Gonsalesning boshiga zarba berdi va hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Braziliyalik futbolchi bu vaziyatga munosabat bildirdi:
"U irqchilik qildi. Shuning uchun uni urdim. VAR uni urganimni ko‘rdi, ammo uning gaplarini eshitmadi. U meni maymun, dedi. Undan tashqari, otamni ham haqorat qildi. Uning yuziga urmaganimdan afsusdaman".
Fikrlar