
Neymar UFC jangchisini o‘ziga qo‘riqchi etib yolladi(foto)
Braziliya terma jamoasi a’zosi Neymar “Barselona”dan PSJga o‘tganidan so‘ng, UFC jangchisini o‘ziga qo‘riqchi etib yolladi, deya xabar bermoqda “Metro”.
Nordin Taleb ismli jangchi 25 yoshli futbolchini qo‘riqlab yurishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Taleb o‘zining so‘nggi jangini may oyida o‘tkazgan edi hakamlarning bir ovoziga ko‘ra, Oliver Enkampni ochkolar hisobiga mag‘lub etgan edi.
U shu vaqtga qadar MMA qoidalari asosida o‘tgan 17 ta jangda ishtirok etgan. Shularning 13 tasida g‘alaba qozongan(6 nokaut va 7 tasi hakamlar qarori bilan), qolgan 4 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan.
Fikrlar