
Neymar va Mbappe Tuxel bilan ishlashga qarshi. Ular yangi murabbiy tanladi
PSJ etakchilari Neymar va Kilian Mbappe jamoani germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel boshqarishiga qarshiligini bildirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tuxel joriy mavsumda asosiy o‘yinchilar ishonchini yo‘qotgan. Neymar va Mbappe boshchiligidagi futbolchilar murabbiyning ish uslubidan norozi va uning loyihalari samara berishiga ishonmayapti.
Har ikki futbolchi klub rahbariyatiga murojaat qilib, Tuxelning o‘rniga hozirda ishsiz yurgan Loran Blanni olib kelishni taklif qildi. Blan 2013-2016 yillar davomida PSJni boshqargan. Tuxel esa, 2018 yildan parijliklarga ustozlik qilib kelmoqda.
Fikrlar