
Neymar Xorvatiyaga penaltidan gol ura olmagan Markinosga dalda berdi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jamoadoshi Markinosni qo‘llab-quvvatladi. Himoyachi Xorvatiyaga qarshi so‘nggi penalti zarbasidan unumli foydalana olmagandi.
"11 metrlik jarima zarbasi hech narsani hal qilmaydi. Sen haqimdagi fikrim o‘zgarmaydi.
Men doim sen bilanman va buni juda yaxshi bilasan!", - dedi PSJ yulduzi Markinosga.
Ma’lumot o‘rnida, Braziliya chorak finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar