Neymar yoki Martines? Messi kimni tanladi?

  • 17.04.2020 13:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi katta ehtimol bilan PSJ forvardi Neymarni ortga qaytarish rejasidan qaytadi.

Catalunya Radio nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz bilan bog‘liq. Qolaversa, jamoa etakchisi Lionel Messi “Barsa”da “Inter”dagi hamyurti Lautaro Martinesni ko‘rmoqchi. Uning tovon puli esa 110 million evroni tashkil etadi.

Parijliklar esa Neymarning transferini 170 million evroga baholashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!