Neymarning yaqinlari: U hech qachon Parijda baxtli bo‘lmagan
Avval xabar berilganidek PSJ hujumchisi Neymar jamoadan ketishni istamoqda. Buni uning yaqinlari ham tasdiqlashmoqda.
“U hech qachon Parijda baxtli bo‘lmagan. U hech qachon “Barselona”ni PSJ bilan tenglashtirmagan”, - deydi braziliyalik futbolchining yaqinlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, unga ayni damda “Real” va “Barselona” klublari xaridor bo‘lishmoqda. Neymar 2017 yil 222 mln evro evaziga aynan “ko‘k-anor ranglilar” safidan PSJga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar