Neyt Diaz Konor MakGregor bilan 3-marta jang qiladimi?

  • 17 fevral, 2022, 08:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazndagi UFC jangchisi - Neyt Diaz Konor Makgregor bilan yana bir bor oktagonda to‘qnash kelishi borasidagi savollarga javob berdi.

"Konor bilan uchinchi jang? Hozir emas. U hali ko‘p mehnat qilishi kerak. Menda yana bitta jangga shartnoma bor. Uni Dastin Porega qarshi o‘tkazmoqchiman. Aniq bilaman, jangdan keyin qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi.

Men ko‘p gapirishni hush ko‘rmayman. Mening fanatlarim boshqalarnikiga qaraganda ko‘proq. Shunga qaramay, UFCmenga jang qilish imkoniyatini taqdim etmayapti. Internetda shovqin ko‘tarishdan boshqa yana nima qilishim mumkin? "

Eslatib o‘tamiz, Neyt Diaz Dastin Pore bilan jang qilish istagida ekanligini anchadan beri ma’lum qilmoqda, ammo pramoushen bu qarama-qarshilikka katta e’tibor qaratmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!